
Maksim Shatskix: "Yigitlarga agar o‘zimizga o‘zimiz muammo tug‘dirmasak chempionatda bizni yutadigan jamoa yo‘qligini aytib kelaman"
Superligada 15-tur bahslari davom ettirildi. Turning markaziy uchrashuvi esa Qarshida kechdi. Unda "Nasaf" "Paxtakor"dan minimal hisobda ustun keldi. Bellashuvdan so‘ng "sherlar" bosh murabbiyi Maksim Shaskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Biz bugun yaratgan imkoniyatlardan foydalanganimizda hisob boshqacha bo‘lar edi. Har safar yigitlarga agar o‘zimizga o‘zimiz muammo tug‘dirmasak, chempionatda bizni yutadigan jamoa yo‘q ekanini aytib kelaman.
- "Paxtakor"da yaxshi o‘yin yo‘lga qo‘yilgan, ammo yakunda nimadir etishmayapti. Selektsiya ishlaridan ko‘ngilingiz to‘ldimi?
- Albatta ko‘nglim to‘ldi. Qaerda nima etishmayapti, bizga? Yangi kelganlar kirishib ketishga harakat qilmoqda. Afsuski, hammasi uchun vaqt kerak.
- 4 ta durang va ikkita mag‘lubiyat. "Nasaf" bilan o‘yinlarda hali g‘alaba qozonmadingiz. Bu nima bilan bog‘liq?
- Bu futbol. Asosiysi, dekabr oyidagi yakuniy maqsadga kim etishi. Istalgan jamoaga engilish, istalganini engish mumkin. Masofa hali uzoq, o‘yinlar ko‘p.
Fikrlar