malayziya. "terengganu" ochko yo‘qotdi
Hamyurtimiz Sanjar Shoahmedov faoliyat olib boradigan "Terengganu" jamoasi o‘z maydonida "Perak"ni qabul qildi.
Mazkur bellashuvning so‘nggi daqiqasida kiritilgan gol evaziga mezbonlar 1:1 hisobida durang o‘ynashdi. Shoahmedov odatdagidek o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.
Shu tariqa "Terengganu" hisobidagi ochkolar soni 6 taga etdi va jamoa turnir jadvalida aynan 6-o‘rinda bormoqda.
Malayziya Superligasi. 5-tur
"Terengganu" - "Perak" 1:1
Gollar: Li Tak (90+1) - Vander Luis (72).
Fikrlar