
Mana nega Arman Tsarukyan jangdan bosh tortdi! Murabbiy barcha sirlarni ochiqladi
UFC jangchisi Arman Tsarukyanning murabbiyi Markos Da Matta shogirdining jarohati haqida gapirdi.
“O‘tgan seshanba kuni Armanning beli og‘riy boshladi, ammo bu unchalik jiddiy emasdi. Dastlab, buni shunchaki yuklamalar ta’siri, deb tushundik. U bir necha kun dam oldi va hammasi yaxshi ketayotgandi. Keyin jang haftasi boshlandi, og‘riq hali hamon Tsarukyanni tark etmagandi. Chorshanba oqshomidagi so‘nggi mashg‘ulotdan keyin u yana shikoyat qila boshladi. Vazn yo‘qotishni boshlashimiz bilan vaziyat yanada yomonlashdi.
Keyin Xanter Kempbell va Devidson (UFC bosh shifokori) bizga kelib, jangni bekor qilish kerakligini aytdi. Bu qaror mutlaqo to‘g‘ri edi, chunki Arman o‘rnidan turolmadi va hatto o‘tirolmadi ham” — deb Da Matta so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow" portali.
Eslatib o‘tamiz, reja bo‘yicha Arman Tsarukyan "UFC 311" turnirida Islom Maxachevga qarshi jang qilishi kerak edi.
Fikrlar