
Mana shu ikki jamoa – dunyoda eng zo‘ri!
“Barselona” prezidenti Joan Laporta qaysi klublarni dunyoda eng zo‘r ekanini aytdi.
- “Barselona” va “Real” jahondagi eng zo‘r ikki klub, - dedi Joan Laporta.
Darhaqiqat, kataloniyaliklar yaqinda Ispaniya Superkubogida “Real”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 2023 yildagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.
“Real” esa, o‘tgan yili Evropa Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqan edi.
Fikrlar