Manba: “An-Nasr” Brozovich bilan kelishuvga erishdi

  • 25 iyun, 2023, 15:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Inter” va Saudiyaning “An-Nasr” klublari Marselo Brozovich transferi bo‘yicha kelishib oldi.

Jurnalist Janluka Di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni klublar kelishuvni yopishi kerak. “An-Nasr” “Inter”ga 23 million evro to‘laydi.

Brozovich Saudiya klubi bilan shartnomaga ko‘ra yiliga 20 million evro maosh oladi. U bilan 3 yillik shartnoma tuzilishi kutilmoqda.

Xorvatiyalik xavbekning milanliklar bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, unga ko‘ra u soliqlar to‘lamagan holda yiliga 12 million evro oladi.

30 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda "Inter" safida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!