
Manba: “Arsenal” “Man Siti”ning yana bir futbolchisini sotib oldi
"Arsenal" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko bilan 2027 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi, deb xabar beradi Nikola Skira tvitterdagi sahifasida.
Shartnomaning moliyaviy tomonlari hali oshkor etilmagan. Faqatgina “kanonirlar” “shaharliklar” bilan 25 yoshli futbolchining transfer summasini kelishib olishlari qoldi.
Yana bir insayder, Britaniyaning bir qancha nashrlari (The Guardian, The Times, FourFourTwo) bilan hamkorlik qiluvchi Freddi Pekstonning aytishicha, Angliya chempionlari Zinchenkoni taxminan 35 million funt sterlingga (taxminan 41 million evro) sotishga tayyor. Klublar o‘rtasidagi muzokaralar, jumladan, "Man Siti" hujumchisi Gabriel Jezusning "Arsenal"ga o‘tishi tufayli sezilarli darajada yaxshi tomonga o‘zgargan.
Zinchenkoning "Manchester Siti" bilan shartnomasi yana ikki yilga amal qiladi. O‘tgan mavsum ukrainalik futbolchi "shaharliklar"ning barcha musobaqalar doirasidagi 28 ta o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar