
Manba: “Arsenal” navbatdagi transferni deyarli hal qildi
Aleksandr Zinchenkoning “Manchester Siti”dan Londonning “Arsenal” klubiga transferi deyarli yakuniga etdi. Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, ukrainalik futbolchi allaqachon “shaharliklar” yig‘inini tark etib, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga jo‘nab ketgan.
Zinchenko "Arsenal"ning yozdagi to‘rtinchi transferi bo‘lishi kutilmoqda. “To‘pchilar” oldinroq Markinos, Fabiu Viyera va Gabriel Jezus bilan shartnoma imzolagan edi. Bu futbolchilar orasidan Jezus ham “Manchester Siti”dan London klubi safiga qo‘shilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Man Siti" tarkibida Zinchenko 4 marta Angliya Premer ligasi chempioni bo‘lgan. Shuningdek, u klub bilan birgalikda bir nechta kuboklarni ham qo‘lga kiritdi.
Fikrlar