
Manba: Kazemiro "qizil iblislar" a’zosiga aylandi
"Real Madrid" yarim himoyachisi Kazemiro "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanadi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Transfer narxi 60 million evroni tashkil etadi. Shuningdek, "qizil iblislar" keyinroq "qirollik klubi" hisob raqamiga yana 10 million evro o‘tkazib beradi. 30 yoshli Kazemiro Manchester klubi bilan 5 yillik shartnomaga rozilik bildirgan.
Braziliyalik iqtidor egasi yangi klubida haftasiga 350 ming funt sterling miqdorida maosh olishi aytib o‘tilgan. Bu uning klubdagi eng yuqori maoshga ega 3-futbolchi bo‘lishini anglatadi.
Fikrlar