Manba: Kovachich "Manchester Siti"ga o‘tadi

  • 16 iyun, 2023, 17:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" yarim himoyachisi Mateo Kovachich "Manchester Siti"ga o‘tadi.

"ESPN" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, klublar xorvatiyalik xavbekni 34 million funt sterling evaziga sotib olish borasida shaxsiy kelishuvga erishgan. Hozir tomonlar shartnomaning moliyaviy tomonlarini muhokama qilmoqda.

29 yoshli yarim himoyachi Xorvatiya terma jamoasidan qaytgach, barcha transfer masalalari ikki hafta ichida hal bo‘lishi kutilmoqda. Uning shartnomasi shartlari kelishib olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!