
Manchester klubi Vardini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Angliya termasi va "Lester"ning sobiq hujumchisi Jeymi Vardi faoliyatini yana bir angliyalik klubda davom ettirishi mumkin.
"The Athletic" nashrining xabar berishicha, 38 yoshli tajribali futbolchini "Manchester Yunayted" o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘rib chiqmoqda.
Mankuniyaliklar Vardini Rasmus Xyoylundning ehtimoliy ketishi fonida uning o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, daniyalik hujumchi joriy transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Jeymi 2012 yildan beri "bo‘rilar" safida harakat qilib kelgan. U Angliya Premer-ligasida 342 o‘yinda ishtirok etib, 145 ta gol va 50 ta assist muallifi bo‘lgan. Hozirda futbolchi erkin agent hisoblanadi.
Fikrlar