
“Manchester Siti” 7 nafar yulduzdan voz kechayotgani sababi oshkor bo‘ldi
“Manchester Siti” kelasi mavsum oldidan tarkibini qayta tuzishga harakat qilmoqda. Asosiy maqsad, yosh, kurashuvchan va raqobatbardosh yangi jamoa shakllantirishdan iborat.
Qishki transferlar davrida Abduqodir Husanov, Umar Marmush, Vitor Reys va Niko Gonsales ko‘zlangan o‘zgarishlarni boshlab berdi.
Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha, “shaharliklar” asosiy tarkibni to‘liq yangilaydi va yana etti nafar yulduzga chiqish eshigi ochiladi.
Manbaga ko‘ra, yozda ketadiganlar ro‘yxatiga asosiy darvozabon Ederson, himoya vakillari Jon Stouns, yarim himoyayachilardan Mateo Kovachich, Ilkay Gyundog‘an, Bernardu Silva, Jek Grilish hamda Kevin de Bryoyne kiritilgan.
Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bu futbolchilarni avvalgi yuqori sport formasiga chiqa olmasligini ta’kidlagani uchun ham klub rahbariyati ulardan voz kechishga qaror qildi.
Manchesterliklar ketadigan o‘yinchilar o‘rnini iste’dodli yosh ijrochilar bilan to‘ldirishga qaror qilgan va bu borada ishlar davom ettirilmoqda.
Fikrlar