"Manchester Siti" APL chempionligi unvonidan mahrum bo‘lishi mumkin
"Manchester Siti" rahbariyatining moliyaviy firibgarliklari aniqlanganidan so‘ng, UEFA mankunianliklarni ikki mavsum davomida evrokuboklardagi ishtirokini ta’qiqlab qo‘ygan edi.
Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, endi "shaharliklar" 2013/14-mavsumdagi Angliya chempionati unvonidan ham mahrum qilinishi mumkin.
Premer-liga qonun qoidasiga ko‘ra, klublarning tashkilotga bergan moliyaviy ma’lumotlari UEFAga taqdim qilingan talqiniga mos kelishi kerak bo‘ladi. Biroq, "Manchester Siti"ning 2012-yildan 2016-yilgacha bo‘lgan davrdagi moliyaviy ma’lumotlarida turli firibgarliklar aniqlangan.
Ushbu xabar bo‘yicha APLning bayonoti e’lon qilinganicha yo‘q.

Fikrlar