"Manchester Siti" "Atletik" himoyachisi uchun 66 mln evro to‘lashga tayyor

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning “Manchester Siti” klubi “Atletik” Bilbao markaziy himoyachisi Emerik Laportni o‘z safida ko‘rmoqchi.

El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga qaraganda “shaharliklar” 23 yoshli frantsuzga o‘tgan yozgi transferlar chog‘idayoq qiziqish bildirishgan edi. Biroq, ularning bu rejasi amalga oshmay qolgan edi. Nashrning yozishicha “Siti” ushbu amalga oshmay qolgan transferni joriy haftada amalga oshirmoqchi.

Ta’kidlash lozimki, Laportning basklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Ushbu kelishuvga ko‘ra uning tovon puli 66 mln evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Laport joriy mavsum La Ligada jami 19ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!