"Manchester Siti" "Barselona" futbolchisini APLga qaytarmoqchi

  • 1 yanvar, 2023, 18:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" a’zosi Rafinya Angliya Premer ligasiga qaytishi mumkin.

Tecno

Ispan OAV xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" uni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. O‘z navbatida, kataloniyaliklar ham bu transferga qarshi emas. Boisi, vinger bosh murabbiy Xavi Ernandesning uslubiga mos kelmadi.

Rafinyaga "Tumanli Albion" begona emas. U 2020-2022 yillar oralig‘ida "Lids" sharafini himoya qilgan. Futbolchining transfer bahosi 50 million evroga teng.

26 yoshli hujumchi joriy mavsum "ko‘k-anorranglilar" libosida 19 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 gol va 4 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!