
"Manchester Siti" biryo‘la ikki transferni hal qilmoqchi
"Manchester Siti" yaqin kunlarda "Milan" yarim himoyachisi Tiyani Reynders va "Lion" vunderkindi Rayan Sherkining transferini yakunlashi kutilmoqda.
Jurnalist Saymon Mallokning xabariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi bo‘yicha muzokaralar yakunlanish arafasida – "Siti" bu transfer uchun 70 million evrodan ko‘proq to‘laydi. Shuningdek, angliyaliklar Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati boshlanishidan oldin frantsiyalik Sherkini ham rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu futbolchi uchun "Lion" 40 million evrodan ortiq miqdorda kompensatsiya oladi.
Ikkala transferning umumiy qiymati qariyb 115 million evroni tashkil etadi.
Transfermarkt portali Reynders (26 yosh) narxini 50 million, Sherki (21 yosh) esa 35 million evro deb baholagan.
Fikrlar