"Manchester Siti" "Borussiya"dan yana bir iste’dodni olib kelmoqchi
Dortmundning "Borussiya"si vakili Rafael Gerreyru faoliyatini "Tumanli Albion"da davom ettirishi mumkin.
"Calciomercatoweb" nashrining ma’lum qilishicha, himoyachi transferi bilan "Manchester Siti" qiziqib qolgan. "Shaharliklar" himoyachini qishki transfer oynasida o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Gvardiola Gerreyruning chap qanot himoyachisi pozitsiyasiga munosib nomzod sifatida ko‘ryapti. Ancha vaqtdan beri manchesterliklarda bu nuqta muammo bo‘lib kelayotgandi. "Transfermarkt" Rafani 20 million evroga baholamoqda.
Bungacha "Siti" "asalarilar"ning boshqa bir a’zosi Erling Xolandni APLga olib kelgandi.



Fikrlar