"Manchester Siti" Frantsiyadan zo‘r himoyachi topdi
"Manchester Siti" klubi "Marsel" himoyachisi Bubakaru Kamarani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “shaharliklar” 20 yoshli frantsiyalik futbolchini mavsumlar oralig‘ida qo‘lga kiritishga urunib ko‘rishmoqchi. Ushbu transfer esa 35 mln evroga baholanmoqda.
Kamara “Marsel” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar