
"Manchester Siti" futbolchilari Gyundoganni De Bryuynedan ustun qo‘yishdi
Taxminan bir yildan buyon "Manchester Siti"ni Fernandino sardor sifatida maydonga boshlab tushmoqda. Braziliyalik futbolchi David Silva jamoadan ketganidan so‘ng sardorlik bog‘ichiga ega bo‘lgan edi.
Fernandino maydonga tusha olmagan uchrashuvlarda jamoaga Kevin de Bryuyne sardorlik qilardi. Yaqin vaqtgacha belgiyalik futbolchi "shaharliklar"ning vitse-sardori hisoblanardi.
Biroq, jamoa vakillari ishtirokida vitse-sardorlik uchun o‘tkazilgan so‘rovda ko‘pchilik germaniyalik yarim himoyachi Ilkay Gyundoganga ovoz bergan. Natijada, de Bryuyne vitse-sardor maqomidan mahrum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Gyundogan 2016 yildan buyon “Manchester Siti” sharafini himoya qilmoqda. Kevin de Bryuyne esa Ilkaydan bir yil oldin ingliz klubiga kelib qo‘shilgan.
Fikrlar