"Manchester Siti" futbolchilari "Real"dan uchralgan mag'lubiyatni qanday qabul qildi?
"Manchester Siti" futbolchilari Chempionlar ligasida "Real"ga qarshi o'yindan keyin kiyinish xonasida deyarli gaplashmagani ma'lum bo'ldi. Bu haqida Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Ma'lum bo'lishicha, manchesterliklar 1/8 finalning ilk uchrashuvida 3:0 hisobida mag'lub bo'lganidan keyin jamoa kiyinish xonasida sukunat hukm surgan. Futbolchilar hatto dush qabul qilishga ham o'zlarini majbur qila olmagan.
Shuningdek, "shaharliklar" odatdagidan ancha kechroq avtobusga chiqqan va bu vaqt davomida ham jamoa ichida jimlik saqlangan.
Ma'lumot uchun, jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 17 mart kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar