
"Manchester Siti" futbolchisi yozda klubni tark etishi mumkin
"Manchester Siti" darvozaboni Klaudio Bravo yozgi transferlar oynasi vaqtida "shaharliklar" tarkibini tark etishi mumkin.
Goal nashri xabariga ko‘ra, 36 yoshli futbolchi doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun klublar takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor.
Ta’kidlanishicha, Bravo uchun MLS chempionati vakili "Nyu-York Siti" va Meksikaning "Monterrey" klublari da’vogarlik qilmoqda.
Fikrlar