“Manchester Siti” hamkor klubdan norozi va futbolchisini olib qo‘yadi

  • 02.02.2026 18:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” rahbariyati asosiy tarkibdan chetda qolayotgan bir necha o'yinchini boshqa klublarga ijaraga berib yuborgan edi. Ana shunday yosh iqtidorlardan biri Sverr Nyupan “Middlsbro”ga jo'natilgandi.

Manchester klubi mutasaddilari 19 yoshli futbolchining holatidan norozi. Chunki Sverr Nyupan Chempionshipning atigi uchta uchrashuvida boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi. O'sishi kutilayotgan o'yinchining zahirada qolib ketishi “shaharliklar”ni qoniqtirmaydi.

Jurnalist Saymon Baykovski ma'lumotiga ko'ra, “Manchester Siti” yaqin kunlarda norvegiyalik futbolchini ortga chaqirib olishi kutilyapti.

Sverr Nyupan o'tgan yozda Norvegiyaning “Rusenborg” klubidan “Manchester Siti”ga olib kelingan edi. Iqtidorli yarim himoyachining transferi APL grandiga 15 million yevroga tushgan. Futbolchining shartnomasi 2030 yil o'rtasigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!