
"Manchester Siti" iqtidorli himoyachi uchun "Liverpul" bilan kurashga kirishdi
"Manchester Siti" yozgi transferlar oynasida chap qanot himoyasini kuchaytirish maqsadida "Bornmut" klubi futbolchisi Milosh Kerkesni sotib olimoqchi.
"The i Paper" nashrining xabariga ko‘ra, "Siti" allaqachon Kerkes bo‘yicha so‘rov yuborgan. Shuningdek, 21 yoshli futbolchini xarid qilishga jiddiy da’vogar hisoblanadi. So‘nggi haftalarda "Liverpul" himoyachi bilan qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq endilikda, bu kurashga "manchesterliklar" ham qo‘shildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kerkesning o‘zi "Liverpul"ga o‘tishni xohlamoqda. U bosh murabbiy Arne Slot bilan birga ishlashni istaydi. Ammo, "Liverpul" transfer uchun rasmiy taklif yubormagan.
Transfermarkt portali Milosh Kerkesning narxini 35 million evro deb baholamoqda. U joriy mavsum APLda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta assist amalga oshirgan.
Ismoilov Rahimjon
Fikrlar