
“Manchester Siti” mashhur yulduzidan qutiladigan bo‘ldi
“Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Jek Grilish joriy mavsum yakunlanganidan keyin klubni tark etishi kutilmoqda.
TEAMtalk nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” bu o‘yinchidan qutilib, uning o‘rnini bo‘shatmoqchi. “Shaharliklar” Grilishni xaridor chiqsa, qishki transferlar vaqtida ham sotib yuborishga tayyor.
Klub mutasaddilari Jek Grilishning transfer summasi keskin tushib ketayotganligidan xavotirda.
Jek “Aston Villa”da o‘ynagan vaqtida Angliya Premer-ligasining eng qimmatbaho o‘yinchilaridan bo‘lgan. Manchesterliklar 2021 yilning yozida Grilish uchun 117,5 million evro miqdorida transfer puli to‘lagan edi. 29 yoshli futbolchi “shaharliklar” safida kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti.
Grilishning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi. Hozirgi paytda Transfermarkt portali uni 55 million evroga baholamoqda.
Fikrlar