
"Manchester Siti" muxlislariga rasmiy xushxabar!
"Manchester Siti" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali belgiyalik yarim himoyachi Kevin de Bryuyne bilan amaldagi shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.
Xabarda yozilishicha, 29 yoshli futbolchi va “shaharliklar” o‘rtasida imzolangan yangi kelishuv 2025 yilga qadar mo‘ljallangan. Aytish kerakki, avvalgi shartnoma 2023 yilga qadar imzolangan edi.
De Bryuyne "Manchester Siti" safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 255 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 65 ta gol hamda 105 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Kevin “Siti” safida ikki marta Angliya chempioni, 4 marta Angliya liga kubogi va 1 marta Angliya kubogi sohibi bo‘ldi. Bundan tashqari, 2 marta Angliya Superkubogini ham boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar