"Manchester Siti" rad javobini oldi

  • 18.05.2022 16:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" "Inter" himoyachisi Alessandro Bastonini sotib olishga urinib ko‘rdi, biroq rad javobini oldi.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, ingliz klubi futbolchi uchun 60 million evro taklif qilgan, lekin bu mablag‘ “neradzurrilar”ni qanoatlantirmagan. Endi “shaharliklar” o‘z takliflarini yaxshilab, qayta murojaat qilishlari kutilmoqda.

23 yoshli Bastoni joriy mavsum “Inter” safida jami 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!