"Manchester Siti" rad javobini oldi

  • 21 iyul, 2022, 16:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Brayton" klubi rahbariyati jamoaning chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya bo‘yicha "Manchester Siti"ning yuborgan birinchi taklifini rad etdi.

Tecno

Jurnalist Devid Ornshteynning yozishicha, “shaharliklar” futbolchi uchun 35 million evro taklif qilishgan. Ammo “chaykalar” futbolchini sotishdan 59 million evroga yaqin daromad olishni maqsad qilishgan.

Ayni damda bu boradagi muzokaralar dastlabki bosqichda va yaqin kunlarda yana davom etishi kutilmoqda.

Kukurelya o‘tgan mavsum “Brayton” safida jami 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Ingliz klubi uni 2021 yilning yozida "Xetafe"dan sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!