
"Manchester Siti" "Real" himoyachisini nishonga oldi
"Manchester Siti" klubi qishki transfer oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi.
"Eurosport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, manchesterliklarga o‘ng qanot himoyachisi kerak. Shu bois, klub "qaymoqranglilar" vakili Alvaro Odriosolaga xaridor. Rahbariyat uni tez-tez jarohat olayotgan Kayl Uokerga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Hozir ispaniyalik futbolchi ijara asosida "Fiorentina"da harakat qilyapti. "Transfermarkt" uning narxini 10 million evro etib belgilagan.
Avvalroq, "shaharliklar" Erling Xolandni ham sotib olmoqchiligi haqida xabar tarqalgandi.
Fikrlar