“Manchester Siti” Rodrigoga besh yillik shartnoma beradi
“Manchester Siti” mutasaddilari yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar “Real”dan braziliyalik hujumkor futbolchi Rodrigo Goesni olib kelishga jiddiy harakat qilyapti.
Taniqli insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, “shaharliklar” 24 yoshli o‘yinchiga 2030 yilning yozigacha davom etadigan uzoq muddatli shartnoma tayyorlab qo‘ygan. Bu orqali manchesterliklar Rodrigoga ularning hamkorlik bo‘yicha maqsadi jiddiy ekanini ko‘rsatmoqchi.
Hozir hamma narsa Rodrigoning qaroriga bog‘liq bo‘lib turibdi. “Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso unga o‘yin amaliyotini kafolatlamadi. Agar Rodrigo ketadigan bo‘lsa, madridliklar 100 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga uni qo‘yib yuboradi.
Rodrigo o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 54 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 11 ta assist yozdirib qo‘ygan edi.
Fikrlar