"Manchester Siti" Sanega La Ligadan o‘rinbosar topdi
“Manchester Siti” klubi “Bavariya”ga ketishi kutilayotgan yarim himoyachisi Leroy Sane o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yubordi.
Sky Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” germaniyalik futbolchi o‘rniga “Real Sosedad” yarim himoyachisi Mikel Oyarsabalni munosib ko‘rishmoqda. Ta’kidlash kerakki, 22 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi “shaharliklar”ga taxminan 80 mln evroga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Oyarsabal joriy mavsum “Real Sosedad” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar