“Manchester Siti” tarixiy antirekordni yangiladi

  • 24 noyabr, 2024, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida “Tottenxem” futbolchilari Manchesterdagi “Etihad” stadionida “Manchester Siti” jamoasi darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi.

Tecno

Bu Xosep Gvardiola shogirdlarining barcha turnirlardagi ketma-ket beshinchi mag‘lubiyati sifatida qayd etildi.

Opta Sport nashrining ma’lum qilishicha, amaldagi chempion Angliya futboli tarixida ketma-ket beshta uchrashuvni boy bergan ikkinchi jamoa bo‘ldi. Undan avval “Chelsi” 68 yil muqaddam – 1956 yilning martida qayd etilgan. O‘shanda amaldagi chempion “Chelsi” qatorasiga besh marta mag‘lub bo‘lgan.

“Manchester Siti” bu mavsum “Brayton” (1:2), “Sporting” (1:4), “Bornmut” (1:2) va “Tottenxem”ga (1:2), (0:4) ikki marta  yutqazdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!