“Manchester Siti” tarixiy o‘yin oldidan Husanovga omad tiladi

  • 17.06.2026 17:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning “Manchester Siti” klubi Jahon chempionatidan o‘rin olgan Kolumbiya - O‘zbekiston o‘yini oldidan “shaharliklar” safiga to‘p suruvchi himoyachimiz Abduqodir Husanovga omad tiladi.

“O‘zbekiston uchun tarixiy kun!

Abduqodir Husanovga omad, u o‘z millati sharafini FIFA Jahon chempionatidagi birinchi o‘yinda Kolumbiyaga qarshi himoya qiladi”, - deya post joylandi APL grandi ijtimoiy tarmoqlarga.

Mundialning “K” guruhidan o‘rin olgan Kolumbiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi bahs 18 iyun soat 07:00da Toshkent vaqti bilan boshlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!