"Manchester Siti" yarim himoyachisi "Barselona"ga o‘tadigan bo‘ldi

  • 24 mart, 2023, 18:13
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" futbolchisi "Barselona" bilan kelishuvga erishdi.

Tecno

"Barselona" o‘z tarkibini kuchaytirish ustida faol ishlamoqda. "Todofichajes" nashri xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi 32 yoshli germaniyalik xavbek bilan shartnoma borasida kelishib olgan.

Manbaga ko‘ra, kelishuv "1+1" sxemasi bo‘yicha amalga oshiriladi va bu "Barselona"ga moliyaviy feyr-pley qoidalariga moslashish imkonini beradi. Qayd etilishicha, Gyundogan mavsumiga 10 million evro maosh kafolatlanmoqchi bo‘lgan, biroq muzokaralar davomida klub 7,5 million evrolik maosh borasida kelishib olishga muvaffaq bo‘lgan. Shu bilan birga, u bonuslar hisobiga o‘sishi va hatto 10 milliondan oshishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ilkayning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!