“Manchester Siti” yulduzi quyi ligaga ketadi

  • 4 aprel, 17:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yulduzi Kevin de Bryuynening klub bilan tuzgan shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. Klub rahbariyati belgiyalik yulduz bilan hamkorlikni uzaytirmoqchi emas.

Tecno

Shu bois 33 shli hujumkor futbolchi yozda boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Kevin de Bryuyne Saudiya Arabistonining ikkinchi divizionida ishtirok etayotgan “Neom” jamoasi bilan muzokara o‘tkazmoqda.

Bu xabarni tarqatgan Footmercato nashriga ko‘ra, tomonlarning birinchi uchrashuvi ijobiy yakunlangan va mashhur pleymeykerning bu klubga o‘tishi qizg‘in muhokama qilinyapti.

Angliya chempionatining eng zo‘r assistentlaridan hisoblangan Kevin Belgiyaning “Genk” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu jamoadan keyin “Chelsi”, “Verder” va “Volfsburg”da   ham to‘p tepgan.

“Manchester Siti” Kevin de Bryuyneni Bundesliga “bo‘rilari”dan 2015 yili 76 million evroga transfer qilgan edi. Garchi qimmat bo‘lishiga qaramay, bu transfer o‘zini to‘liq oqlagan. Chunki mahoratli futbolchi jamoaning muvaffaqiyatlarida asosiy rollarda bo‘lib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!