
"Manchester Siti"da mavsumning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar e’lon qilindi
"Manchester Siti" klubi 2024-2025 yilgi mavsum uchun eng yaxshi futbolchilarni aniqlamoqda.
Bu uchun 3 nomzod nomi e’lon qilindi. Bular Kevin De Bryuyne, Yoshko Gvardiol va Erling Holand. Quyida uch futbolchinig statistikasini ko‘rib chiqamiz.
Yoshko mavsum davomida jami 50 ta bahsda 4243 daqiqa maydonda harakatlandi. Foydali ish koeffitsienti 6+2. Erling Holand 2024-2025 yil mobaynida umumiy 41 uchrashuvda ishtirok etdi. Norvegiyalik hujumchi bu o‘yinlarda 30 ta gol urib 4 ta golga assistentlik qildi.
Kevin De Bruyne 37 bellashuvda 2227 daqiqa maydonda bo‘ldi. Natijasi esa 6+8. Mavsumning deyarli butun qismini yomon o‘tkazgan KDB oxirida uyg‘onganini qayd etish lozim. Balki, uning jamoadan ketayotganligi ham uchlikka kiritishga majbur qilgandir.
Ma’lumot o‘rnida, g‘olib muxlislarning ovoziga ko‘ra aniqlanadi.
Fikrlar