“Manchester Yunayted” 100 million evrolik to‘purar olib keladi

“Manchester Yunayted” mutasaddilari oldingi chiziqdagi muammolarni yangi to‘purar olib kelish orqali hal qilmoqchi.

Manchesterliklar nishoniga “Sporting” forvardi Viktor Dokeresh tushgan. Bu haqda Tribal Football nashri xabar berdi.

Lissabonliklar safida to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan shved hujumchisiga manchesterlardan tashqari “Chelsi” va “Arsenal” kabi grand klublar ham da’vogarlik qilmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Dokereshning shartnomasida uni transfer qilmoqchi bo‘lgan klublar 100 million evro miqdorida badal puli to‘lashi lozimligini belgilangan.

25 yoshli futbolchi joriy mavsumda Portugaliya chempionatida 13 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga o‘nta to‘p kiritib, jamoadoshlariga beshta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!