"Manchester Yunayted" Anchelotti va Pochettinoni nomzodlar qatoriga qo'shdi

  • 09.01.2026 15:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Ruben Amorim ishdan bo‘shatilganidan so‘ng "Manchester Yunayted" yangi bosh murabbiy izlashni davom ettirmoqda. Jurnalist Dunkan Kastels ma’lumotlariga ko‘ra, "qizil iblislar" klubni boshqarish uchun Karlo Anchelotti va Maurisio Pocettinoni qisqa ro‘yxatga kiritgan.

Manbaga ko‘ra, MYu yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatidan so‘ng ushbu mutaxassislardan birini tayinlash variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Sababi hozirda Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasini, Maurisio Pocettino esa AQSh milliy jamoasini boshqarmoqda. Har ikki terma jamoa ham 2026 yildagi Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda "Real"dan ketganidan so‘ng Karlo Anchelotti murabbiylik faoliyatini yakunlashidan oldin bir kun kelib "Manchester Yunayted"ni boshqarishni istashini bildirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!