
“Manchester Yunayted” bir transfer bilan yozgi bozorni “portlatadi”
“Manchester Yunayted” kelasi mavsum oldidan tarkibini yuqori maqsadlar sari kurashadigan darajada kuchaytirishga qaror qildi.
Manchesterliklar bu yo‘lda katta transferni amalga oshirmoqchi. Ular jamoaga “Tottenxem” bilan shartnomasi yakunlanayotgan koreyalik hujumchi Son Xyon Minni olib kelishni reja qolgan.
Ruben Amorim jamoaning oldingi chizig‘ida Son Xyon Min, Brunu Fernandesh va Markus Reshford hujum uchligi to‘p tepishini istayapti.
Son Xyon Min Germaniyaning “Gamburg” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu jamoadan keyin “Bayer”da ham o‘ynagan va “Tottenxem” uni 2015 yili 30 million evro evaziga o‘z transfer qilgan.
32 yoshli futbolchi hozirga qadar klublar miqyosida 620 dan ko‘p uchrashuvda qatnashib, 231 ta gol va 102 ta assist qayd etgan. Janubiy Koreya terma jamoasi safida 131 ta o‘yinda 51 ta gol muallifi bo‘lgan.
O‘z navbatidi, “Tottenxem” ham o‘z sardori qo‘ldan chiqarmoqchi emas. Ular Sonni kelishuvni avtomatik tarzda yana bir mavsumga uzaytirishga ko‘ndirmoqchi.
Fikrlar