“Manchester Yunayted” bo‘lajak yulduzga xaridor

  • 21.04.2021 12:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” mutasaddilari kelajakda futbol yulduziga aylanish imkoniyati bor yosh iste’dodlarni jamoaga jalb qilish yo‘nalishidagi ishlarini yanada jadallashtirishga qaror qildi.

Manchesterliklar yozda “Mets” yarim himoyachisi Pap Matar Sarr transferini amalga oshirmoqchi. Senegallik futbolchi 2020 yildan buyon Frantsiya klubida o‘ynamoqda. 18 yoshli yarim himoyachi milliy chempionatda 17 ta bellashuvda maydonga tushdi va shulardan 12 tasini boshlang‘ich tarkibda boshladi.

“Mets” iste’dodli futbolchi bilan 2025 yilning yozigacha shartnoma tuzib qo‘ygan. Garchi Sarrning transferi 3 million evroga baholanayotgan bo‘lsa-da, “Manchester Yunayted” uni qo‘lga kiritish uchun anchagina xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!