
“Manchester Yunayted” bosh murabbiy masalasini qanday hal qildi?
Ule-Gunnar Sulsherni iste’foga chiqargan “Manchester Yunayted” masalasi yangi bosh murabbiy masalasida yangi strategiya ishlab chiqdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Sulsherdan keyin jamoani Maykl Kerrik boshqaradi. U klub rahbariyati futbolchilarga joriy mavsum yakunlangunicha ustozlik qiladigan mutaxassis topilgunicha bosh murabbiy vazifasini bajaradi.
Klub xo‘jayinlari vaqtincha murabbiylikka bir necha variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida Qatarning “Ar-Rayan” jamoasi ustozi Loran Blan ham bor.
Asosiy maqsad esa, PSJda ishlayotgan Maurisio Pochettinoni olib kelish hisoblanadi. Manchesterliklar argentinalik mutaxassisni yozda Angliyaga qaytarmoqchi. Ayni paytda uning agentlari bilan aloqa o‘rnatilib, muzokaralarga tayyorgarlik boshlandi.
Maurisio Pochettinoni “Manchester Yunayted”ga olib kelish ishlarini ser Aleks Fergyuson o‘z bo‘yniga oldi. Agar argentinalik murabbiy Parijda qolishni ma’qul ko‘rsa, manchesterliklar “Ayaks”ni muvaffaqiyatli boshqarayotgan Erik ten Xag variantiga o‘tadi.
Fikrlar