
“Manchester Yunayted” bundan yomon murabbiyni ko‘rmagan!
Katta umidlar bilan “Manchester Yunayted”ga olib kelingan Ralf Rangnik klub rahbariyatining ishonchini oqlamayapti. Jamoani mavsum oxirigacha boshqarishi kelishilgan germaniyalik mutaxassis oldiga kuchli to‘rtlikdan olib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgandi.
Manchesterliklar navbatdagi turda “Everton”dan mag‘lub bo‘lganidan keyin Ralf Rangnik klub tarixida eng omadsiz murabbiyga aylandi. Jamoa nemis mutaxassis qo‘l ostida premer-liga uchrashuvlarining atigi 47 faoizida g‘alaba qozongan.
Rangnik jamoani o‘tgan yilning noyabrida qabul qilib olgandi. Shundan beri “Manchester Yunayted” Angliya chempionatida 17 ta uchrashuvda qatnashib, shulardan faqat sakkiztasida g‘alaba qozondi.
Hozircha, 31 ta uchrashuvda 51 ochko jamg‘argan jamoa ettinchi o‘rinda bormoqda. Manchesterliklar to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilgan “Tottenxem”dan olti ochko ortda qolyapti.
Fikrlar