“Manchester Yunayted” darvozani kimga topshiradi?

  • 3 avgust, 2020, 17:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

David de Xeaning o‘yinidan qoniqmagan “Manchester Yunayted” hamon ishonchli darvozabon qidirmoqda. Ayni paytda manchesterliklar e’tiborini “Lester” posboni Kasper Shmeyxel tortmoqda.

Tecno

Daniyalik darvozabon 2011 yildan buyon “Lester” sharafini himoya qilmoqda va 2016 yilda jamoasining Angliya chempionatida g‘olib chiqishiga munosib hissa qo‘shgan. Kasperning o‘zi ham jamoasini almashtirishga qarshi emas. Qolaversa, uning otasi Peter Shmeyxel o‘z vaqtida “Manchester Yunayted” darvozaboni sifatida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Ispaniyalik David de Xea ham 2011 yildan buyon “Manchester Yunayted” darvozasini qo‘riqlab kelmoqda. Avvalgi yillardan farqli o‘laroq, David keyingi paytda natijaga ta’sir qiladigan qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ya boshladi. Shuning uchun “Manchester Yunayted” uning o‘rniga Din Xenderson, Yan Oblak va Kasper Shmeyxel nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda.

15304830573847_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!