
“Manchester “Yunayted”: Endi bu futbolchi kerak emas!
“Manchester Yunayted” murabbiylar shtabi bundan buyon Antoni Marsyalga ishonch bildirmaydigan bo‘lyapti.
Britaniyaning Eurosport nashri xabar berishicha, klub rahbariyati futbolchining agentlariga unga yangi jamoa izlash kerakligini ma’lum qilgan. Manchesterliklar 25 yoshli futbolchining transferidan 40 million evro ishlab olmoqchi.
Marsyal “Manchester Yunayted”ga 2015 yili olib kelingan. Bu transfer uchun manchesterliklar “Monako”ga 60 million evro to‘lagan.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha davom etadi.
Fikrlar