“Manchester Yunayted” Erik ten Xag bo‘yicha yakuniy qarorini aytdi

  • 3 sentabr, 2024, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida ashaddiy raqiblardan biri “Liverpul”dan 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragani niderlandiyalik bosh murabbiy Erik ten Xagning kelajagi haqidagi savollarni keltirib chiqardi.

Manchesterliklar chempionatda uchta uchrashuvdan ikkitasida mag‘lubiyatga uchradi va faqat uch ochko jamg‘ara oldi xolos.

Shunga qaramay, klub rahbariyati Erik ten Xagni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

- Erik ten Xag rahbariyat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvalanadi. Biz yozgi transferlar vaqtida yaqindan hamkorlik qildik. Niderlandiyalik murabbiy bilan birga ishlashda davom etamiz va yaxshi natijalarga erishishi uchun unga yordam ko‘rsatamiz, - dedi “Manchester Yunayted” ijrochi direktori Omar Berrada.

Ilgari “Ayaks”da katta natijalarni qo‘lga kiritgan Erik ten Xag 2022 yilning yozidan beri “Manchester Yunayted”ni boshqarib kelmoqda. Bu yozd ko‘pchilik uning lavozimni topshirishini kutgan edi. Biroq klub xo‘jayinlari hamkorlikni 2026 yilning yarmigacha uzaytirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!