"Manchester Yunayted" Eriksenga 4 barobar ko‘p maosh va’da qilmoqda

  • 15 aprel, 2019, 08:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi mavsumlar oralig‘ida "Tottenxem" xavbeki Kristian Eriksenni sotib olishga urunib ko‘rmoqchi.

Tecno

Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” 27 yoshli daniyalik futbolchi uchun haftasiga 290 ming funt maosh to‘lashga tayyor. Bu esa uning hozir “shporlar”dan olayotgan maoshidan naqd 4 barobarga ko‘p deganidir.

Eslatib o‘tamiz, Eriksenning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar tuzilgan va u ushbu kelishuvni uzaytirishni xohlamayapti. Unga shuningdek Madridning “Real” klubidan ham jiddiy qiziqishlar bor.

Ma’lumot uchun, Eriksen joriy mavsum 42ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 16ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!