
“Manchester Yunayted” futbolchilari yangi bosh murabbiy tanladi
Evropa matbuotida “Manchester Yunayted” futbolchilari hozirda jamoani boshqarayotgan Rplf Rangnikning ish uslubidan norozi ekani haqida ko‘p xabar tarqatilmoqda.
Jurnalist Adrian Grenening xabar berishicha, manchesterlik o‘yinchilar jamoani Ralf Rangnik o‘rniga Maurisio Pochettino boshqarishini talab qilmoqda.
Klub xo‘jayinlari qaroriga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis mavsum oxirigacha bosh murabbiylik qiladi va keyinchalik boshqa lavozimga o‘tkaziladi.
Maurisio Pochettinoning o‘zi ham Angliya premer-ligasiga qaytishga qarshi emas. O‘z o‘rnida, PSJ uning o‘rniga Zinedin Zidanni olib kelmoqchi.
Fikrlar