"Manchester Yunayted" futbolchisi jarohat oldi va qachon safga qaytishi ma’lum

  • 13 iyul, 18:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" asosiy darvozaboni Andre Onana yangi mavsum boshlanishidan oldin jarohat oldi. 

Tecno

Kamerunlik posbon taxminan ikki oygacha maydonga tusha olmasligi mumkin. Shu sababli u APLning birinchi turida ishtirok etmasligi ehtimoldan xoli emas.

Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, Onananing jarohatidan so‘ng MYu yangi darvozabon bilan shartnoma imzolash qarorini qat’iylashtirgan. Shu bilan birga, 29 yoshli darvozabonning o‘zi klubda qolish niyatida va hech qanday transfer haqida o‘ylamayapti — u faqat "qizil iblislar"ga yordam berishga to‘liq e’tibor qaratgan.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Saudiya Arabistoni klublari Onanaga qiziqish bildirgan edi, ammo hozircha rasmiy takliflar kelib tushmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!