
“Manchester Yunayted” futbolchisi ketadigan bo‘ldi
“Manchester Yunayted”ning o‘ng qanot himoyachisi Diogo Dalot hozirdan o‘ziga yangi ish joyi qidirmoqda.
Mavsum oxirida portugaliyalik futbolchi erkin agentga aylanadi. Manchesterliklarda futbolchi bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirish huquqi bor. Lekin Dalot boshqa variantlarni ham ko‘rmoqchi.
Dalotning bu qaroridan “Yuventus” foydalanib qolmoqchi. Turinlar yazda ikki himoyachi – Xuan Kuadrado va Aleks Sandro bilan xayrlashmoqchi. Dalot ularga o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda.
Diego Dalotga anchadan beri “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino qiziqish bildiryapti. Shuningdek, “Barselona” ustozi Xavi Ernandes ham tajribali futbolchini o‘z safida ko‘rish istagida.
Fikrlar