
"Manchester Yunayted" futbolchisi Rossiyada o‘ynashi mumkin
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingardni Rossiyada kutishyapti.
ESPN nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "Zenit" 27 yoshli angliyalik futbolchini joriy yozgi transferlar oynasi yopilguncha o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Lingardning o‘zi ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini o‘zgartirishga tayyor. Unga “Tottenxem”dan ham qiziqishlar bor.
Jessi Lingard “Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida “qizil iblislar” safida 207 ta o‘yinda maydonga tushdi va 33 ta gol hamda 20 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar