
“Manchester Yunayted” futbolchisiga narx qo‘ydi
The Sun nashrining xabar tarqatishicha, “Manchester Yunayted” qishki transferlar vaqtida Jessi Lingardni sotib yuborishga qaror qildi.
Angliyalik yarim himoyachi kelajakda etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasligini his qilgan holda, klub bilan yangi bitim tuzmadi.
Manbaning xabariga ko‘ra, manchesterliklar uni 10 million evroga qo‘yib yuboradi. 28 yoshli futbolchiga “Vest Xem” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Qolaversa, “Nyukasl” ham Lingardni o‘z safiga qo‘shib olishni istayapti.
Lingard joriy mavsumda premer-ligada sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar