"Manchester Yunayted" futbolchisini ijaraga berib yuboradi

  • 1 yanvar, 2021, 13:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Deniel Jeyms qishki transfer vaqtida jamoani tark etadi. Bu haqda "Daily Mail" nashri yozmoqda. 

Tecno

Mankunianliklar o‘yin amaliyotisiz qolayotgan Jeymsni ijaraga berishga tayyor. Futbolchi xizmatiga   "Vest Bromvich" va "Lids" jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Deniel ushbu mavsum bor yo‘g‘i 8ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘ydi. Uning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!